Oltoy tili
| Oltoy tili | |
|---|---|
| Milliy nomi | Алтай |
| Mamlakatlar |
|
| Rasmiylik holati |
|
| Soʻzlashuvchilarning umumiy soni | 55 720[1] |
| Turkumlanishi | |
| Turkum | Yevroosiyo tillari |
| Til oilasi | |
| Alifbosi | kirill |
| Til kodlari | |
| ISO 639-1 | atv |
| ISO 639-2 | alt |
| ISO 639-3 | alt |
Oltoy tili — turkiy tillardan biri. 1948-yilgacha oyrot tili deb atalgan. Rossiya Federatsiyasi Oltoy oʻlkasining Togʻli Oltoy viloyatida tarqalgan, 60 mingga yaqin kishi soʻzlashadi. Lahjalari 2 guruhga boʻlinadi: janubiy (qirgʻiz-qipchoq guruhi) va shimoliy (uygʻur guruhi). Oltoy tili unlilar tizimi xususiyatiga va lab singarmonizmining umumiy qonunlariga koʻra qirgʻiz tiliga yaqinroq turadi. Undoshlar tizimida oʻxshashliklar bilan birga muayyan tafovutlar ham bor: qirgʻiz tilidagi soʻz boshida keluvchi qorishiq j oʻrnida Oltoy tilida dʼ mos keladi; qirgʻiz tilidan farqli ravishda unlilar orasida jarangsiz undoshlar jarangli undoshlarga aylanadi. Feʼllar tuslanganda, shaxs koʻrsatkichining reduksiyaga uchrashi Oltoy tili morfologiyasining asosiy xususiyatidir.
Adabiy tili janubiy lahjalarga asoslanadi. Yozuvi 1939-yildan rus grafikasi asosida.[2]
Oltoy tili — oltoy xalqining tili. Turkiy tilli xalqlar. Rossiya va Mo'g'uliston chegarasida joylashgan Gorno-Altayda va Xitoy-da keng tarqagan.
Oltoy tili (1948-gacha oʻyrat tili deb atalgan) asosan Togʻli Oltoy AV-da (60 015) istiqomat qiladigan oltoy xalqining milliy, adabiy tili. Ularning umimiy soni — 71 317 kishi (1989). Oltoy tili janubiy (oltoy, toʻlengit, televit) va shimoliy (kumandi, tuva, chalkan) dialektlariga boʻlinadi. Adabiy tilining shakllanishida janubiy dialektining (aptay kiji) ulushu koʻproq boʻlgan. Oltoy xalqi 1928—1938-yili lotin alifbosini qoʻllandi va nihoyat 1938-yildan buyon kirill alifbosini foydaniladi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Informatsionnie materiali ob okonchatelnix itogax Vserossiyskoy perepisi naseleniya 2010 goda
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |