Kontent qismiga oʻtish

Korund

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Korund (nem. korund; qadimgi hindchadan) – oksidlar kichik sinfiga mansub mineral. Kimyoviy formulasi Al2O3, qoʻshimchalari Cr, Fe, TI va boshqa Kristallari trigonal singoniyali ustunsimon, kam hollarda dipiramidal. Rangsiz, tarkibida temir, mis, marganets, titan va shahriKorund elementlarning borligiga qarab turli rangda boʻladi. Olmossimon yaltiroq. Qattiqligi 9. Zichligi 4000 kg/m3. Korundning (60—70%) magnetit, gematit shpinel bilan aralashmasi „najdak“ deb ataladi (Naksos o., Gretsiya). Metamorfik, metasomatik jarayonlarda hosil boʻladi. Kanada, JAR, Qozogʻiston (Semiz-Bugʻ), Xibin va Ilmen togʻlari (RF) va Oʻzbekistonning Oqtosh, Molguzar, Tomdi togʻlarida Korund konlari bor. Korundning faqat sochmalardan olinadigan shaffof va chiroyli ranglilari (sapfir – koʻk rangli, yoqut – qizil rangli) qimmatbaho tosh sifatida zargarlikda ishlatiladi, unchalik toza boʻlmaganlari abraziv material. Texnik va zargarlik maqsadlarida ishlatish uchun sanoat miqyosida sunʼiy Korund olinadi. Cr2+, Fe3+ qoʻshib olingan sunʼiy Korund kvant elektronikasi, soatsozlik, zargarlik sanoati va boshqalarda ishlatiladi. Qoʻshimchalarsiz olingan sunʼiy Korund radioelektronika sanoatida qoʻllanadi. Sunʼiy Korund tozaligi va yirikligi bilan tabiiy Korunddan aniq, ajralib turadi[1].

  1. ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil