Girkaniya
Girkaniya — Vrakana, oʻrta asrlardagi nomi — Jurjon) — qad. tarixiy-madaniy viloyat. Kaspiy dengizining jan.-sharqiy sohilida, Eronning shim.da, Turkmanistonning jan.-gʻarbiy qismidajoylashgan. G. atamasi eroniycha wrk — boʻridan olingan boʻlishi ehtimol. Poytaxti — Gekatompil sh. Yunonrim yozma manbalarida Aleksandr yurishlaridan eʼtiboran bir necha bor qayd etilib, yovvoyi hayvonlar toʻlib toshgan mamlakat sifatida tavsiflanadi. Ammian Marsellin (IV asr)ga koʻra, "Kitʼa ichkarisida... Girkanlar yashaydi. Ular ovchilik bilan tirikchilik qilishadi, ov qilinadigan jonzodlar ularda juda turli-tumandir. Bu yerda minglab yoʻlbars va koʻplab yovvoyi hayvonlar bor". Mil.av. 235-yil Parfiya davlati tarkibiga kirgan, lekin mil. 1—II asrlarda katta muxtoriyatga ega boʻlib, mustaqil siyosat yurgizgan va oʻz elchilarini Rimga joʻnatgan. Bu yerda arshakiylarnnng bir tarmogʻiga mansub sulola vakillari hukmronlik qilgan.
15 Senyabr 2008, 12:04:57
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |