Kontent qismiga oʻtish

Dianne Barr

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Dianne Barr
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi Ayol
Fuqaroligi Buyuk Britaniya bayrogʻi Buyuk Britaniya
Tavallud sanasi 1972-yil 13-sentyabr (1972-09-13) (54 yosh)
Shimoliy Irlandiya
Sport
Mamlakat Birlashgan Qirollik
Qaysi sport para-suzish
Pozitsiyasi chalqancha usulda suzish
erkin usulda suzish
aralash estafeta

Dianne Barr (tugʻilgan sanasi: 13-sentyabr 1972-yil)[1] – Larne shahridan boʻlgan Shimoliy Irlandiyalik paralimpiya suzuvchisi. Barr toʻrt yoshida suzishni boshlagan va uning oyogʻida tugʻma nuqson bor edi. Oʻn bir yoshida uning oyogʻi amputatsiya qilindi va protez bilan almashtirilgan.

Barr 16 yoshida 1988-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarida Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya terma jamoasi sharafini Seulda himoya qilgan va 100 metrga chalqancha suzish A4, 4 × 100 metr aralash estafeta va 4 × 100 metr erkin usul suzish estafetasida oltin medalni qoʻlga kiritgan[2]. U oʻz jamoadoshlari Joanne Rout, Thelma Young va Linda Walters bilan birga bir jjamoada harakatlangan. Shuningdek, u 100 metrga erkin usulda suzish A4 va 400 metr erkin usulda suzish A4 bahslarida bronza medalini qoʻlga kiritgan. 1992-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarida Barr 100 metrga chalqancha usulda suzish S10 bahslarida bronza medaliga sazovor boʻlgan.

2012-yilda Barr kabi Larne Grammar Schoolda oʻqigan Trevor Ringland Barrning ajoyib yutuqlariga koʻproq eʼtibor qaratilishi kerakligi xususida maqola yozgan[3].

  1. ↑ http://www.paralympics.org.uk/gb/athletes-root/athletesretired/dianne-mcmillan-barr (Wayback Machine saytida 3-yanvar 2014-yil sanasida arxivlangan) Dianne Barrning Paralimpiya profili
  2. ↑ Natijalar, Paralimpiya „Paralimpiya natijalari“. Paralympic.org. Qaraldi: 4-noyabr 2013-yil.
  3. ↑ http://www.newsletter.co.uk/news/regional/call-to-honour-ulster-s-first-paralympic-hero-1-4200749 Trevor Ringlandning Dianne Barr muvaffaqiyatini koʻproq tan olish haqidagi gazeta maqolasi [sayt ishlamaydi]